Belgi kiritish
Joylashuv belgisini kiritish uchun:
1. Yuqori oʻng menyu satridagi Belgi joylashtirish vositasini tanlang.
2. Belgilar kutubxonasi paydo boʻladi. Kutubxonadan belgini tanlang va ustiga bosing.
3. Koʻrsatkich strelkasi tanlangan belgiga aylanadi. Yuqori chap tomonda oq rangli aylantirish asboblar oynasi paydo boʻladi.
Joylashuv belgisining burchagini sozlash uchun:
1. sichqonchani aylantirish oynasi ustiga olib boring
2. qora doirani kulrang doira atrofida oʻzingizga mos ravishda bosib torting
4. Joylashuv belgisining yoʻnalishi oʻrnatilgach, koʻrsatkichni xaritadagi moʻljallangan joyga olib boring va belgini joylashtirish uchun bir marta bosing. Muloqot oynasi paydo boʻladi.
5. Maydonlarga maʼlumot kiriting yoki ularni boʻsh qoldiring. Tugatgach, Saqlash tugmasini bosing.
Joylashuv belgisini koʻchirish
Joylashuv belgisini koʻchirish uchun:
1. Yuqori chap menyu satridan Qatlamlarni tahrirlash vositasini tanlang.
2. Belgini moʻljallangan joyga bosib torting.
Joylashuv belgisini oʻchirish
Joylashuv belgisini oʻchirish uchun:
1. Yuqori menyu satridan Oʻchirish vositasini tanlang.
2. Oʻchirish uchun joylashuv belgisi ustiga bir marta bosing.







